Voqealar Ilmiy voqealar Nemis muhandisi Konrad Suze dasturlanuvchi Z4 kompyuterini yigʻdi. Minneapolis ilmiy-tadqiqot tashkiloti birinchi tijoriy kompyuter — ERA 1101ni sotuvga chiqardi. 17 iyun — Chikagolik jarroh Richard Louler 45 daqiqada dunyoda birinchi boʻlib inson buyragining transplantatsiyasini amalga oshirdi. Ingliz matematigi Alan Tyuring kompyuterni ongliligini tekshiruvchi Tyuring testini taklif etdi. Siyosiy voqealar Gʻarbiy Berlin konstitutsiyani qabul qildi. 9 fevral — Amerikalik senator Jozef Makkarti davlat departamentida ishlovchi 205 nafar kommunistlar roʻyxatiga ega ekanligini eʼlon qiladi. „Ov“ boshlanadi. Sport voqealari Ilk bora jahon chempionati doirasida Formula-1 turkumidagi avtomobillar poygasi oʻtkazildi. Tugʻilganlar
22 aprel — Piter Frempton, ingliz qoʻshiqchisi, gitarachi, bastakor, The Herd, Humble Pie guruhlari ishtirokchisi. 17 may — Novodvorskaya, Valeriya, mashhur dissident. 9 iyul — Viktor Yanukovich, Ukraina siyosatdoni. 30 dekabr — Byarne Stroustrup, Daniyalik kompyter olimi, C++ asoschisi.
Vafot etgan
19 mart — Edgar Berrouz, amerikalik yozuvchi, Tarzan haqidagi romanlar muallifi. 14 aprel — Ramana Maharshi, hind diniy arbobi va faylasuf. 1 iyul — Emil Dalkroz, Shveytsariyalik bastakor va pedagog. 5 avgust — Emil Abdergalden, nemis bioximigi va fiziologi. 29 oktyabr — Gustav V, Shvetsiya qiroli (1907-1950). 5 dekabr — Shri Aurobindo, hind faylasufi, shoir, revolyutsiyachi va Hindiston milliy-ozodlik harakati tashkilotchisi, yogin, guru va Integral yoga asoschisi.
Nobel mukofotlari Fizika — Sesil Frenk Pauell — „Yadroviy jarayonlarni tadqiq etishning fotografik metodlarini va shu metodlar yordamida mezonlarni kashf etganligi uchun“. Kimyo — Otto Pol Hermann Dilz, Kurt Alder Tibbiyot va Fiziologiya — Edvard Kalvin Kendall, Tadeush Reyhshteyn, Filip Shouolter Hench Adabiyot — Bertran Rassel — „Ratsionalizm va gumanizmning yorqin vakillaridan biri, Gʻarbda soʻz va fikr erkinligi uchun kurashuvchi shaxs sifatida“. Tinchlik — Ralf Banch — „Regional hamkorlikni mustahkamlash yoʻlida Skandinaviya parlamentlararo ittifoqini tuzganligi uchun“.
*