Shvetsiya (shvedcha: Sverige), Shvetsiya Qirolligi (shvedcha: Konungariket Sverige) — Shimoliy Yevropada, Skandinaviya yarim orolining sharqiy qismidagi davlat. Maydoni — 450 ming km². Aholisi — 9, 517 mln. kishi (2012). Poytaxti — Stokgolm shahri. Maʼmuriy jihatdan 24 len (gubernya)ga boʻlinadi. Stokgolm lenga tenglashtirilgan mustaqil maʼmuriy birlik sifatida ajratilgan.

Davlat tuzumi Shvetsiya — konstitutsiyali monarxiya. Amaldagi konstitutsiyasi 1975-yil 1-yanvardan kuchga kirgan. Davlat boshligʻi qirol (1973-yildan Karl XVI Gustav). Qonun chiqaruvchi hokimiyatni riksdag (1 palatali parlament), ijrochi hokimiyatni hukumat amalga oshiradi.

Tabiati Shvetsiya Yevropaning Atlantika boʻyi qismida, moʻtadil mintaqa shimolida joylashgan. Shimoliy va gʻarbiy qismi togʻli (Skandinaviya togʻlari, eng baland joyi 2123 m, Kebnekayse togʻi). Shvetsiya shimolida Norland yassitogʻligi (bal. 200–800 m), janubida Smoland qiri bor. Qolgan qismi pasttekislik va koʻllardan iborat. Foydali qazilmalardan temir, mis, qoʻrgʻoshin, rux, uran rudalari, oltin, kumush, marganets, volfram konlari hamda mineral buloqlar bor. Iqlimi moʻtadil, Golfstrim iliq oqimining taʼsiri katta. Shimolida iqlim sovuq. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi janubida 0–5°, shimolida –6° dan –14° gacha, iyulniki xuddi shu joylarda 15–17° va 10–11°. Yillik yogʻin togʻlarda 1500–2000 mm, tekisliklarda 700–800 mm. Daryolari qisqa va serostona. Shvetsiya hududining 9% koʻllar bilan band. Yirik koʻllari: Venern, Vettern, Yelmaren, Melaren. Hududining 57% oʻrmon, asosan, igna bargli daraxtlar, aralash oʻrmonlar, shimolida tundra oʻsimligi oʻsadi. Tuproqlari podzol, chimli podzol, qoʻngʻir oʻrmon, togʻ podzol, togʻ tundra va botqoq tuproqlar. shahrida oʻrmon hayvonlari va suv parrandalari koʻproq uchraydi. Abisku, Muddus, Sarsk Shyoffallet milliy bogʻlari va koʻrixonalar bor.

Aholisi Aholisining 91% shvedlar. Shuningdek, saamlar, finlar, norveglar, danlar ham yashaydi. Rasmiy til — shved tili. Dindorlari — xristianlar (asosan, lyuterchilar). Shahar aholisi 83,1%. Yirik shaharlari: Stokgolm, Gyoteborg, Malmyo.

Tarixi Mil. av. 8–9ming yillikdan boshlab Shvetsiya hududida odam yashab keladi. Mil.ning I asr oʻrtalarida german qabilalari (sve, gyot va boshqalar) kelib joylashgan: ular hozirgi shvedlarning etnik asosini tashkil qilgan. VI—VII asrlarda shved qabilalarining birlashish jarayoni boshlandi. VIII –XI asrlarda shvedlar vikinglar yurishlarida qatnashdilar. XIasr boshlarida xristianlik tarqaldi. XI asrda birlashgan shved qirolligi tashkil topdi. XII– XIV asrlarda Shvetsiya Finlyandiyani bosib oldi (1809-yilgacha Shvetsiya tarkibida boʻlgan). 1397-yilda shahrining Daniya va Norvegiya bilan birlashishi natijasida Shvetsiya Daniyaga tobe boʻlib qoldi. XV asr — XVI asr boshlarida Daniya hukmronligiga qarshi milliy ozodlik harakati avj oldi. 1521–23 yillarda dvoryan Gustav Erikson rahbarligida koʻtarilgan gʻalayon Daniya hukmronligiga barham berdi. G. Erikson 1523-yil Gustav I nomi bilan Shvetsiya qiroli etib saylandi va Vaza sulolasiga asos soldi. XVI asrning 30-yillarida reformatsiya harakati avj oldi va lyuterchilik joriy etildi. XVI—XIX asrlarda Shvetsiya, ayniqsa, Gustav II Adolf davrida Boltiq dengizida oʻz hukmronligini oʻrnatish uchun urush olib bordi (1558–83 yillardagi Livon urushi, 1618–48 yillardagi Oʻttiz yillik urush, XVII asr boshida Rus davlatiga qarshi urush, XVII asr 2-yarmida Polsha, Daniya, Rossiya bilan boʻlgan urushlar). 1700–21 yillardagi Rossiya bilan boʻlgan Shimoliy urusht Karl XII boshchiligidagi shved armiyasi tormor keltirildi; Shvetsiya oʻz hududining bir qismidan mahrum boʻldi. XIX asr boshlarida Shvetsiya antifransuz koalitsiyasi tarkibida Napoleon I ga qarshi urushlarda ishtirok etdi. 1809-yil shahrida demokratik islohotlar oʻtkazildi, konstitutsiya qabul qilindi (ayrim oʻzgarishlar bilan 1975-yilgacha amalda boʻldi). 1814-yil Daniya bilan tuzilgan Kil shartnomasiga muvofiq, Norvegiya Shvetsiya tarkibiga oʻtdi (1905-yil shahridan ajralib chiqdi). Birinchi jahon urushi (1914–18) davrida betaraf Shvetsiya amalda Germaniyaga yon bosdi. Ikkinchi jahon urushi (1939–45) davrida qatʼiy betaraflik eʼlon qildi. Ikkinchi jahon urushidan keyin tashqi siyosatda harbiysiyosiy bloklarda ishtirok etmaslik yoʻlini tutdi. 193276, 198291-yillarda va 1994-yildan hokimiyatni Sotsial-demokratik ishchi partiyasi egallab kelmoqda. Shvetsiya 1946-yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini 1992-yil 16-yanvarda tan olgan va 1992-yil 8-aprelda diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayramlari: 30-aprel — Qirol tugʻilgan kun (1946), 6-iyun — Shvetsiya bayrogʻi kuni (1523, 1809).

Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushma birlashmalari thumb|Karl XVI Gustaf|alt=

Soʻl partiya, 1917-yil tuzilgan; Xalq partiyasiliberallar, 1895-yil tashkil etilgan; Atrofmuhitni muhofaza qilish partiyasi („Koʻkatparvarlar“) yoki „Milyepartiyet“, 1981-yil asos solingan; Markaz partiyasi, 1910-yil tuzilgan; Shvetsiya sotsialdemokratik ishchi partiyasi, 1889-yil tashkil etilgan; Moʻʼtadil koalitsion partiya, 1904-yil asos solingan; Xristiandemokratik partiya, 1964-yil tuzilgan. Shvetsiya kasaba uyushmalari markaziy birlashmasi, 1898-yil tuzilgan, 20 tarmoq kasaba uyushmalarini birlashtiradi.

Xoʻjaligi va sanoati Shvetsiya intensiv qishloq xoʻjaligiga ega yuksak darajada rivojlangan industrial mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 30,5%, qishloq va oʻrmon xoʻjaliginiki 2,2%, xizmat koʻrsatish tarmogʻiniki 67,3% ni tashkil etadi.

Sanoatida qora va rangli metallurgiya, mashinasozlik (kemasozlik, avtomobilsozlik, aviasozlik, elektrotexnika va radioelektronika), yogʻochsozlik va sellyuloza qozoz sanoati yetakchi tarmoqlardir. Kimyo, toʻqimachilik, oziq-ovqat (sut va goʻsht ishlab chiqarish) rivojlangan. Temir rudasi va rangli metallar qazib olinadi. Energetikasi gidroenergiya resurslari va chetdan keltiriladigan yonilgʻiga asoslangan. Yiliga oʻrtacha 142,9 mlrd. kvtsoat elektr energiyasi hosil qilinadi, uning 1/2 qismi GES larga, 1/2 qismi AESlarga toʻgʻri keladi. Asosiy sanoat markazlari: Stokgolm, Gyoteborg, Malmyo, Vesteros, Linchyoping.

Qishloq xoʻjaligi sermahsul boʻlib, oziqovqat mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojning 80% ni taʼminlaydi. Chorvachilik yetakchi tarmoq hisoblanadi va u goʻsht ,sut yetishtirishga ixtisoslashgan: qoramol, choʻchqa, shimol bugʻusi boqiladi. Dehqonchilikda yemxashak ekinlari, gʻalla (arpa, suli, bugʻdoy), qand lavlagi, kartoshka ekiladi. Boltiq va Shimoliy dengizlardan baliq ovlanadi. Oʻrmonda yogʻoch tayyorlanadi.

Transporti Transportida temir yoʻl uzunligi 10,9 ming km, avtomobil yoʻllari uzunligi 136,2 ming km. Dengiz savdo flotining tonnaji 2,74 mln. reg. brutto t. Yirik portlari: Gyoteborg. Stokgolm, Luleo, Malmyo. Daniya, Finlandiya, Germaniya bilan temir yoʻl, paromlar orqali bogʻlangan. Shvetsiya chetga qogʻoz, karton, sellyuloza, yogʻoch, mashina va jihozlar, temir rudasi, kimyoviy mahsulotlar chiqaradi, chetdan sanoat mahsulotlari, xom ashyo, oziqovqat mollari oladi. Tashqi savdoda Germaniya, Buyuk Britaniya, AQSH, Norvegiya bilan hamkorlik qiladi. Xorijiy sayyohlik rivojlangan (yiliga 6 mln. kishi kelib ketadi). Pul birligi — shved kronasi.

Tibbiy xizmati Vrachlar 6 untning tibbiyot ftlarida tayyorlanadi. Shaharda aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish bepul. Stryomstad balchiqli, Rannebyu balneolbgikbalchiqli, Marstrand dengiz boʻyi iqlimiy va boshqalar kurortlar bor.

Maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalari Mamlakatda 7 yoshdan 9 yillik majburiy taʼlim joriy etilgan boʻlib, u 3 bosqich (3+3+3) dan iborat. 9 yillik maktabni tugatganlar oʻqishni gimnaziyada davom ettiradi. shahrida ZOdan ortiq oliy oʻquv yurti bor. Yiriklari: Upsala universiteti, Stokgolm universiteti, Gyoteborg universiteti (1891), Stokgolmdagi Qirollik oliy texnika maktabi (1827), Gyoteborgdagi Politexnika universiteti (1829). shahridagi mashhur ilmiy muassasalar: Shvetsiya qirollik fanlar akademiyasi, Muhandislik akademiyasi (1919), Upsaladagi qirollik gumanitar fanlar jamiyati (1889), Upsaladagi qirollik tabiiy fanlar jamiyati (1710), Gyoteborgdagi qirollik sanʼat va fan jamiyati (1778), Stokgolmdagi tibbiyotjarrohlik instituti, Stokgolmdagi Shvetsiya akademiyasi (1786). Yirik kutubxonalari: Stokgolmdagi qirollik kutubxonasi, Upsala, Gyoteborg untlarining kutubxonalari, Stokgolm va Gyoteborg shahri kutubxonalari. Muzeylari: Milliy muzey, hozirgi zamon sanʼat muzeyi, ent. muzeyi, Stokgolm shahri muzeyi, Tarix muzeyi, Shimoliy muzey, Milliy dengiz muzeyi, Kronan qalʼasidagi harbiy muzey, arxeologiya muzeyi va boshqalar.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi Shvetsiya bir qancha gazeta va jurnal nashr etiladi. Yiriklari: „Arbetet“ („Mehnat“, kundalik gazeta, 1887-yildan), „Aftonbladet“ („Kechki gazeta“, kundalik kechki gazeta, 1830-yildan), „Vi“ („Biz“, haftalik ijtimoiysiyosiy bezakli jurnal, 1913-yildan), „Gyotebergsposten“ („Gyoteborg pochtasi“, kundalik gazeta, 1858-yildan), „Dagens nyuxeter“ („Kun yangiliklari“, kundalik gazeta, 1864-yildan), „Kvellsposten“ („Kechki pochta“, kundalik kechki gazeta, 1948-yildan), „Metallarbetaren“ („Metallurg“, haftalik jurnal, 1888-yildan), „Svenska dagbladet“ („Shvetsiya haftalik gazetasi“, kundalik gazeta, 1884-yildan), „Syudsvenska dagbladet snellposten“ („Janubiy Shvetsiya haftalik gazetasi“, kundalik gazeta, 1848-yildan), „Ekspressen“ („Ekspress“, kundalik kechki gazeta, 1944-yildan). Shvetsiya telegraf byurosi 1921-yil tuzilgan; shahridagi gazetalarning aksiyadorlik jamiyati. Shvetsiya radiosi hamda Shvetsiya televideniyesi aksiyadorlik jamiyatlari sifatida 1993-yil tashkil etilgan. shahrida radioeshittirishlar 1924-yildan, telekoʻrsatuvlar 1956-yildan olib boriladi.

Adabiyoti Shved badiiy adabiyotining dastlabki yodgorliklari IX asrga oid boʻlib, u sheʼr yoki ritmik nasr shaklidagi runik yozuvlardir. Oʻrta asrlarda adabiy anʼanalar xalq ogʻzaki ijodida oʻz aksini topdi. Xristianlikning tarqalishi davrida lotin tilida diniy adabiyot yaratildi. XIV—XV asrlarda ballada, qoʻshiq, tarixiy xronikalar, XVII asrdan dramaturgiya rivoj topa boshladi. Bu janrlarda tarixchi va dramaturg Yu. Messenius asarlar yaratdi. Birinchi yirik lirik shoir L.Vivalius boʻldi. Uygʻonish davri gʻoyalari ensiklopedist olim va shoir G.Shernʼyelm ijodida, Yu. Runius sheʼriyatida oʻz aksini topdi. G. Dalperna sheʼriyatda barokko uslubining asoschisidir. XVIII asr adabiyoti maʼrifatchilik gʻoyalari taʼsirida rivojlandi; uning yorqin vakili shoir, publitsist va tarixchi U.Dalindir. XIX asr boshlarida romantizm adabiyotdagi yetakchi oqimga aylandi. Bu oqimning taniqli vakili shoir, tarixchi va faylasuf E. G. Geyer boʻldi. E.Tegner oʻz ijodida maʼrifatchi va romantiklar tajribasidan foydalanib, „Fritof haqida doston“ni yaratdi; bu asar keyinchalik milliyeposga aylandi. XIX asrning 30-yillarida K.Yu. L.Almkvistning realistik qissalari yuzaga keldi. 70-yillarda Yu. A.Strindberg tanqidiy realizm asoslarini yaratdi. XX asr boshlarida tanqidiy realizm Ya. Syoderberg, Ya. Bergman, P. S. Siverts ijodida yorqin namoyon boʻldi. D.Anderson, M.Kox. Yu. Chelgren, I.LuYuxanson, M. Martinson proletar adabiyoti vakili sifatida maydonga chiqdilar. P. F. Lagerkvist oʻz asarlarida murakkab axloqiy va falsafiy muammolarga toʻxtalib oʻtdi. Sheʼriyatla A.Esterling, N.Ferlin realistik yoʻnalishda ijod qildilar. 30-yillar va Ikkinchi jahon urushi yillari shahrida antifashistik adabiyot shakllandi (E. Yunson, V. Muberg, M.Martinson asarlari). 50–70-yillarda realistik nasr anʼanalarini P. A. Fogelstryom, S.Lidman, P.Rodstryom, L.Gustafson va boshqalar davom ettirdi. Hujjatli nasr rivojlandi (A.Lundkvist, S.Lidman, Ye. Palma va boshqalarning ayrim asarlari). A.Lindgrenning bolalar uchun kitoblari jahonda shuhrat qozongan. Adiblardan B. Setterland, L. Forshel, B. Xokanson, Yo. Sunnevi, S. Okesson, Yo. Palma mashhur.

Meʼmorligi