Latviya () yoki Latviya Respublikasi () — Yevropaning shimoli-gʻarbida, Boltiq dengizi boʻyida joylashgan davlat. Maydoni — 64,589 ming km². Aholisi — 4 mln. kishi (2023). Poytaxti — Riga shahri. Maʼmuriy jihatdan 26 tuman (rajons)ra boʻlinadi, 7 shahar bor. Davlat rahbari -Edgars Rinkēvičs.
Davlat tuzumi Latviya — mustaqil demokratik respublika. 1993-yil 6-iyuldan 1922-yilda qabul qilingan „Satversme“ konstitutsiyasining amal qilishi toʻla hajmda tiklandi va unga 1996, 1997, 1998-yillarda tuzatishlar kiritildi. Davlat boshligʻi — prezident (1999-yildan Vayra Vike-Freyberga), u yashirin ovoz berish yoʻli bilan seym tomonidan 4 yil muddatga saylandi. Bir shaxs ketma-ket ikki muddatdan ortiq prezident lavozimiga saylanishi mumkin emas. Qonun chiqaruvchi organi — seym (bir palatali parlament). Ijroiya hokimiyatini Vazirlar Mahkamasi amalga oshiradi.
Tabiati Latviya hududining Boltiq dengizi qirgʻoklari kam parchalangan. Dengiz sohili boʻylab eni 2–3 km, ayrim joylarda 50 km gacha boʻlgan pasttekislik va qum tepalar choʻzilgan. Latviyaning gʻarbiy qismida Kurzeme qirlari (balandligi 184 m gacha), oʻrta qismida Vidzeme qirlari (balandligi 311 m gacha), sharqida Latgal qirlari (balandligi 289 m gacha) joylashgan. Latviyaning markazida Oʻrta Latviya tekisligi, Shimoli-sharqida Shimoliy Latviya pasttekisligi bor. Foydali qazilmalari: koʻmir, neft, gips, kvars qumlari, dolomit, har xil gil, ohaktosh; torf konlari, mineral buloklar bor. Boltik, dengizi va Riga qoʻltigʻi sohilida kahrabo uchraydi. Iklimi dengiz iqlimi bilan kontinental iqlim oʻrtasida. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 16—18°, yanvarda Boltiq dengizi sohilida —2°, —7°, sharqida —7°. Yillik yogʻin 550–800 mm.
Latviyada 777 daryo boʻlib, umumiy uz. 38 ming km. Hamma daryolari Boltiq dengizi havzasiga mansub. Yiriklari: Daugava, Liyelupe, Venta, Gauya. Latviyada 3 mingdan koʻproq koʻl bor. Latviya maydonining 1,5% ni tashkil qiladi. Yiriklari: Lubanas, Reznas va boshqa Eng chu-qur koʻli — Dridza (65,1 m). Koʻllarida baliq xoʻjaligi yoʻlga qoʻyilgan. Foydalaniladigan yerlarining 52% podzol tuproqlari (koʻpi chimli podzol), 4% chimli karbonatli va ekin ekib kelingan tuproqlar (Oʻrta Latviya tekisligida), 23% botqoq (chimli-geyli) tuproqlar va 19% torfzor. Latviya aralash oʻrmon zonasida joylashgan. Hududining 40% ga yaqini oʻrmon (asosiy daraxt turlari — qaragʻay, qoraqaragʻay, qayin), 4,7% botqoq, 4% yaylov. Latviyada sut emizuvchilardan malla tovushqon, tiyin, yelik, los, bugʻu, tulki, boʻrsiq, suvsar va boshqa yashaydi. Salaka, kilka, losos, taymen va boshqa baliqturlari ovlanadi. Riga qoʻltigʻi va daryolarning qoʻyilish joyida minoga uchraydi. Baliq, qunduz va boshqa ov jonivorlarini qoʻriqlash maqsadida qoʻriqxonalar tashkil etilgan. Qad. dare vodiylarining ayrim qismlari, baʼzi oʻrmonzorlar davlat muhofazasiga olinib, qoʻriqlanadi. Gauya milliy bogʻi barpo etilgan.
Aholisi Aholisining koʻpchiligi latishlar (62%); ruslar, beloruslar, polyaklar, ukrainlar, litvalar va boshqa yashaydi. Rasmiy til — latish tili. Shahar aholisi 69,5%. Dindorlari: protestant, pravoslav va katoliklar. Yirik shaharlari: Riga, Daugavpils, Liyepaya, Yelgava, Yurmala va boshqa
Tarixi Latviyadan topilgan arxeologiya yodgorliklari bu yerda odam mezolit davridan (miloddan avvalgi 9—4-ming yillik) yashaganligini koʻrsatadi. Odamlar bu davrda temirchilik, baliq ovlash va ovchilik bilan shugʻullangan, tosh va suyaklardan turli qurollar va loydan idishlar yasagan. Miloddan avvalgi 2-ming yillikda dehqonchilik va chorvachilik paydo boʻlgan.
X asrdan aholi oʻrtasida xristian dini tarqala boshladi. XIII asrning oxirida Livon ordeni Latviyani bosib olgandan soʻng nemis zodagonlarining iqtisodiy va siyosiy hukmronligi oʻrnatildi. Latviyada Germaniyaga xos xoʻjalik va siyosiy tashkilotlar joriy qilina boshladi.
XIV—XVI asrlarda Livoniya (Latviya va Estoniyaning nemislar tomonidan zabt etilgan hududlari shunday atalar edi) 3-mayda davlatdan iborat boʻlgan. XVII asrga kelgandagina latish xalqi tashkil topdi. XVI asrda Riga shahri savdo va xunarmandchilik markaziga aylandi. 1558—83 yillardagi Livon urushlari davrida mayda livon davlatlari tugatildi(1560—62). Latviyaning Daugava daryosidan shimolidagi xududi (Zadvin gersogligi) Rech Pospolitaga tobe boʻlib qoldi. Daryoning janubidagi hududlar Polsha qiroliga qarashli Kurlyandiya gersogligiga aylandi.
1600—29 yillardagi Polsha-Shvetsiya urushlari natijasida Latviya vayron boʻldi. Urushda gʻolib chiqqan Shvetsiya Altmark sulhiga koʻra, Zadvin gersogligining gʻarbiy qismini oʻziga qoʻshib oldi. Latviyaning sharqiy qismi (Latgaliya) Rech Pospolita qoʻlida qoldi.
Latviyaning keyingi taqdirini Shimoliy urush hal qildi. 1710-yil rus qoʻshinlari Rigani qamal qildi. 1721-yil Nishtadt sulhi shartiga koʻra, Shvetsiya Vidzemani Rossiyaga berdi. Rossiya imperiyasi tarkibida parchalangan Latviya yerlarini birlashtirish davri boshlandi. 1721 va 1795-yillarda Kurlyandiya gersogligi, Liflyandiya va Vitebsk gubernyalarining bir qismi Rossiyaga utdi. XVIII asrning 1-yarmi Shimoliy urushda vayron boʻlgan xoʻjalikni tiklash davri boʻldi. Mazkur urushdan soʻng 200 yil mobaynida Latviya tinch hayot kechirdi.
1804-yil dehqonlar toʻgʻrisida maxsus qonun qabul qilinib, unga koʻra krepostnoylik cheklandi. Lekin bu bilan dehqonlar ahvoli yaxshilanmadi. 1812-yilgi urush taʼsirida dehqonlar harakati avj oldi. Dvoryanlar hokimiyatini saqlab qolish maqsadida Rossiya hukumati 1817—19 yillarda qator islohotlar oʻtkazdi, jumladan, deqqonlarga shaxsiy erkinlik berildi. Ular yerni ijaraga olib tshtaydigan boʻlishdi. XIX asr 50-yillarning oxiri va 60-yillarning boshidan korxonalarda mashinalar va bugʻ dvigatellari ishlay boshladi. Rossiyadagi ommaviy dehqonlar harakati va 1863— 64 yillarda Polsha va Litvada boʻlib oʻtgan qoʻzgʻolon taʼsirida Rossiya hukumati bir oz yon berishga majbur boʻldi. Jumladan, krepostnoylik huquqi bekor qilindi, dehqonlarga yer sotib olish hamda erkin koʻchib yurishga ruxsat berildi (1863), barshchina bekor qilindi (1868). Latviya sanoati va tashqi savdosi oʻsa boshladi.
XX asr boshlariga kelib, Latviya Rossiya imperiyasining taraqqiyot jihatidan eng rivojlangan oʻlkasiga aylandi. 1918-yil 18-noyabrda Latviya Respublikasi eʼlon qilindi. 1920-yil 11-avgustda Latviyani Shoʻro Rossiyasi tan oldi va Latviyaga boʻlgan daʼvolaridan „abadul abad“ voz kechganini bildirdi. 1921-yilda Antanta davlatlari ham Latviya Respublikasini tan oldilar. 20 yil mobaynida turmush darajasi, nashr etilgan kitoblar va 1000 kishiga toʻgʻri keladigan talabalar soni jihatidan Latviya Yevropa mamlakatlari orasida oldingi oʻrinda boʻldi. 1934-yilda davlat toʻntarishi oʻtkazildi, avtoritar tuzum oʻrnatildi. 1940-yil iyulida Latviya hududiga shoʻro qoʻshinlari kiritildi. Oʻsha yili 21-iyulda Latviya shoʻro sotsialistik respublikasi tuzilib, 5-avgustda SSSR tarkibiga qoʻshib olindi. Ikkinchi jahon urushi yillarida Latviya shiddatli janglar maydoniga aylandi. 1941-yilda nemis-fashist qoʻshinlari tomonidan bosib olindi. 1945-yilda ozod qilindi. 1990-yil mayda respublika Oliy Kengashi Latviya mustaqilligini tiklash haqida Deklaratsiya qabul qildi va respublika nomini hozirgi nomga oʻzgartirdi. Latviya — 1991-yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini 1992-yil 22-oktabrda tan oldi va oʻsha yili noyabrda diplomatiya munosabatlari oʻrnatildi. Milliy bayrami — 18-noyabr — Latviya Respublikasi eʼlon qilingan kun (1918).
Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari va boshqa jamoat tashkilotlari Latviya dehqonlar ittifoqi partiyasi, 1917-yilda asos solingan va 1990-yilda qayta tiklangan; Latviya demokratik partiyasi, 1995-yil „Saym-niyeks“ demokratik partiyasi sifatida tuzilgan; „Latviyas seliy“ („Latviya yoʻli“) partiyasi, 1993-yil tuzilgan; Latviya sotsial-demokratlar birlashmasi, 1998-yilda tashkil etilgan; Xalq partiyasi, 1998-yilda tuzilgan; Yangi xristian partiyasi, 1998-yil Yangi partiya nomi bilan tashkil etilgan, 2001-yildan hozirgi nomda; Xalq hamjihatligi partiyasi, 1993-yilda tashkil etilgan; „Vatan va ozodlik“ birlashmasi (Latviya milliy mustaqilligi yoʻlidagi xdrakat), 1997-yilda tashkil etilgan. Latviya erkin kasaba uyushmalari ittifoqi, 1990-yilda tuzilgan.
Iqtisodiyoti Latviya — industrial-agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulot tarkibida sanoatning ulushi 38,5%, qishloq xoʻjaligining ulushi 24,8%.
Sanoatida metallsozlik, energetika mashinasozligi, aloqa vositalari ishlab chiqarish, transport va qishloq xoʻjaligi mashinasozligi, elektrotexnika, radioelektronika, priborsozlik, kimyo va neft kimyosi, yengil va oziq-ovqat, farmatsevtika, parfyumeriya, sellyuloza-qogʻoz sanoati yetakchi tarmoqlardir. Elektr energiya Plyavinyas, Kegums va Riga GESlarida hosil qilinadi (yiliga oʻrtacha 5,6 mlrd. kVtsoat). Liyepaya metallurgiya zavodi, turli shaharlarda elektr mashinasozligi, gidrometeorologiya va yarimoʻtkazgich priborlari, dizelsozlik, elektropoyezdlar, texnologiya uskunalari, elektr lampa, qishloq xoʻjaligi mashinasozligi, ventilyator, radio, elektr asboblari, vagonsozlik, kema taʼmirlash va boshqa zavodlar bor. Qurilish materiallari sanoatida koʻplab temir-beton konstruksiyalari, silikat gʻisht, drenaj quvurlari, shisha tola zavodlari, uysozlik kombinatlari barpo etilgan. Yengil sanoatda toʻqimachilik, tikuvchilik, koʻnchilik va poyabzal tikish tarmoqlari taraqqiy etgan. Rigada ip gazlama kombinatlari, Yelgavada toʻqimachilik birlashmasi, shoyi toʻquv kombinati joylashgan. Ogreda yirik trikotaj kombinati, Liyepayada galantereya buyumlari kombinati bor.
Oziq-ovqat sanoatining asosiy tarmoqlari: baliq va goʻsht-sut. Riga, Yelgava, Yekabpils va Valmiyeradagi goʻsht kombinatlari, Preylida pishlok, zavodi va Kraslavada quruq sut zavodi qurilgan, meva-konserva va un-yorma kombinatlari bor, aralash yem sanoati rivojlangan. Rigada „Dzintars“ parfyumeriya-kosmetika zavodi bor. Keyingi yillarda mamlakat iqtisodiyotini bozor munosabatlari yoʻliga moslash, jahon xoʻjaligiga qoʻshish siyosati oʻtkazila boshladi.
Qishloq xoʻjaligi goʻsht va sut chorvachiligiga ixtisoslashgan. Latviyaga yaroqli yerlar 2,5 mln. ga, shundan 56,4% haydaladigan yerlar, 32,4% yaylov, 9% pichanzor. Gʻalla ekinlaridan javdar, bugʻdoy, arpa, suli ekiladi. Asosiy texnika ekinlari: zigʻir (asosan, sharqida) va qand lavlagi (janubida). Kartoshka, sabzavot ham yetishtiriladi. Bogʻ-rezavor mevazorlar bor. Respublikaning gʻarbiy qismida asalarichilik rivojlangan. Baliq ovlanadi, norka, kumushrang tulki, oq tulki boqib koʻpaytiriladi. 1998-yil maʼlumotlariga qaraganda, xususiy sektor yalpi ichki mahsulotning 63%ni berdi, ish joylarining 68% shu sektor qoʻlida. Qurilish, qishloq xoʻjaligi va sanoat kabi asosiy tar-moklar mahsuloti mamlakat yalpi ichki mahsulotining taxminan 95% ni tashkil etadi.
Transporti Temir yol uzunligi — 2484 km, avtomobil yoʻllari — 24,2 ming km, shu jumladan qattiq qoplamali yoʻllar 12 ming km. Dengiz savdo flotining tonnaji 1437 ming t dedveyt. Asosiy portlari: Riga, Ventspils, Liyepaya. Liyelupe va Daugavaning ayrim qismlarida kema qatnaydi. Rigada xalqaro aeroport bor. Tashki savdo sohasidaL. Yevropa mamlakatlari va MDH mamlakatlari bilan hamkorlik qiladi. Latviya chetga mashinasozlik, yengil, oziqovqat sanoat mahsulotlari chiqaradi, chetdan mashina va elektr jihozlari, kimeviy mahsulotlar, transport vositalari, toʻqimachilik buyumlari oladi. Pul birligi — lat.
Tibbiy xizmati Davlat shifoxonalaridan tashqari xususiy kasalxonalar ham bor. Vrachlar xususiy tarzda ham bemorlarni qabul qilib, davolaydi. Shifokorlar Riga tibbiyot institutida va chet ellarda tayyorlanadi. Yurmala, Se-gulda, Liyepaya, Kemeri, Baldone ku-rortlari mashhur.
Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari