Sharof Boshbekov (1951-yil 4-yanvar; Bulungʻur tumani, Oʻzbekiston SSR; 2022-yilning 26-yanvar, Toshkent, Oʻzbekiston) – yozuvchi, dramaturg, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, Mehnat shuhrati ordeni sohibi va Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.

Biografiyasi Sharof Boshbekov 1951-yil 4-yanvar Samarqand viloyati Bulungʻur tumanidagi (hozirgi Baxmal tumaniga qarashli) Gʻubir qishlogʻida tugʻilgan. 1974-yili Sanʼat institutining musiqali aktyorlik boʻlimini tugatdi. Toshkentdagi „Muqimiy“ musiqali teatrida, Gulistondagi teatrda aktyor sifatida faoliyat koʻrsatdi. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida (1983—1985) Oʻzbekiston Milliy teatrida (1986—1987) adabiy xodim boʻldi.

Ijodiy faoliyati Sharof Boshbekovning „Taqdir eshigi“, „Eski shahar Gavroshlari“, „Temir xotin“ kabi asarlari teatrlar repertuarlaridan munosib oʻrin egallagan. Inchunin, „Temir xotin“ komediyasi sobiq ittifoq respublikalarining barchasida sahnalashtirilgan.

U kino sohasida ham ijod qildi. Uning stsenariylari asosida „Yuzsiz“, „Tilla bola“, „Temir xotin“, „Ma'ruf va Sharif“, „Masxaraboz“ kabi filmlar suratga olingan. Ayniqsa, „Charxpalak“ seriali mashhur boʻldi.

Sharof Boshbekov dramaturgiyasining kuchi (sehri) asar syujetida emas, gʻaroyib xarakterlar va tilidadir.

„Temir xotin“ asari uchun dramaturg Oʻzbekiston Respublikasi davlat mukofotiga sazovor boʻldi. Oʻzbek kino sanʼati rivojiga qoʻshgan hissasi uchun „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi“ unvoniga loyiq koʻrildi (1999-yil). 2001-yilda „Mehnat shuhrati“ ordeni bilan taqdirlandi.

Vafoti 2022-yilning 26-yanvarida vafot etganhttps://kun.uz/news/2022/01/26/dramaturg-sharof-boshbekov-vafot-etdi.

Asari Boshbekov Sh. „Eshik qoqqan kim boʻldi“. T.: Adabiyot va sanʼat, 1989.

Adabiyot Smelyakov Yu. Sovremenniy geroy. Kto on? Jurnal „Sovremennaya dramaturgiya“, 1984, #1 Mahmudova S. „Oʻtmish va kelajak ramzlari“, „Sharq yulduzi“ jurnali, 1989, 5-son. Norboʻtayev I. „Masxaraboz“, „Kino“ jurnali, 1995, 1-son.

Manbalar

Turkum:Oʻzbekistonlik yozuvchilar Turkum:Oʻzbekiston davlat mukofoti laureatlari Turkum:Oʻzbekiston dramaturglari