Bashir yoki Bushra as-Samaliy () – Abbosiylar xalifaligi harbiy qoʻmondoni, Tarsus va Kilikiyadagi Vizantiya imperiyasi bilan chegaradosh hududlar hokimi.

Hayoti Bushra uzoq vaqt Tarsus va Kilikiyadagi Vizantiya imperiyasi bilan chegaradosh boʻlgan hududlar hokimi boʻlgan Samal ad-Dulafiyning gʻulomi boʻgan.

925-yilda Bushra Iroqdagi Qarmatlarga qarshi yurish paytida Samal yoʻqligida uning oʻrinbosari sifatida xizmat qilgan. Saroy xodimi Muflih bilan birga 925-yil sentyabr–oktyabr oylarida Lamos daryosida vizantiyaliklar bilan asirlar almashinuvini nazorat qilgan.

938-yilga kelib, Bushra allaqachon hokim lavozimini egallagan edi. Ibn Varqo ash-Shayboniy bilan birga yana vizantiyaliklar bilan asirlar almashinuvini boshqargan. 6300 nafar musulmon asiri xuddi shuncha Vizantiya asirlari bilan almashtirilganidan soʻng, vizantiyaliklar yana 800 nafar musulmonni qoʻlida ushlab qolgan, ular keyingi 6 oy davomida Podandos daryosi boʻyida tovon puli evaziga ozod qilingan.

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:9-asrda tugʻilganlar Turkum:10-asrda vafot etganlar Turkum:Abbosiylar xalifaligining Tarsusdagi hokimlari Turkum:10-asr Abbosiylar xalifaligi kishilari