Abu Jaʼfar Muhammad ibn Ahmad al-Bagʻdodiy () ilk Fotimiylar xalifaligi davrida yuqori martabali amaldor boʻlgan.

Hayoti Nisbasidan ham maʼlumki, Abu Jaʼfar Abbosiylar xalifaligi poytaxti Bagʻdoddan boʻlgan. Ehtimol shialik tarafdorlaridan biri boʻlganligi bois vazir Ali ibn Iso ibn al-Jarroh tomonidan taʼqibga uchragan va Iroqni tark etib, gʻarbga tomon yoʻl olishga majbur boʻlgan. Gʻarbga yoʻl olib, Sijilmasa shahriga yetib borgan. Bu yerda bagʻdodliklardan iborat kishilar jamoasi anchagina koʻp boʻlib, Abu Jaʼfar Ismoiliylar yetakchisi va keyinchalik Fotimiylar xalifaligiga asos solgan Abdulloh al-Mahdiy Billoh bilan uchrashgan.

Al-Bagʻdodiy oʻz bilimi va qobiliyati bilan tezda al-Mahdiyning iltifotiga sazovor boʻlgan va al-Mahdiy uni oʻziga maslahatchi va kotib qilib olgan. Soʻngra Abu Jaʼfar Andalus poytaxti Kordovada biroz muddat hayot kechirgan. U yerda mahalliy adabiy doiralarda mashhurlikka erishgan, biroq uning asl vazifasi al-Mahdiy nomidan josuslik qilish, diniy targʻibot va agentlik faoliyatini olib borish edi.

911-yil yanvar oyida Abu al-Yusr ar-Riyodiy vafot etganidan soʻng, Abu Jaʼfar xalifaning bosh kotibi lavozimini egalladi. Bu maqomda u xalifalik devoni va pochta xizmatini boshqardi. Bu tizim ayni paytda razvedka xizmati sifatida ham xizmat qilardi. Bu lavozimda u „mukammal kotib“ sifatida tanildi va tez orada al-Mahdiy saroyidagi eng nufuzli shaxsga aylandi.

934-yilda al-Mahdiy vafot etganidan soʻng ham Abu Jaʼfar oʻz lavozimida xizmat qilishni davom ettirdi. U, shuningdek, vafotiga qadar ham ushbu lavozimni egallab turgan boʻlishi mumkin. Abu Jaʼfar uch nafar Fotimiy xalifalariga, jumladan, al-Mahdiy, al-Qoim () va al-Mansurga () xizmat qilgan. Abu Jaʼfarning vafot sanasi nomaʼlum. Vafotidan keyin uning oʻrnini quli Javhar as-Siqiliy egallagan, Javhar keyinchalik Fotimiylar uchun mohir harbiy sarkarda sifatida tanilib, Misrni fath etgan.

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:9-asrda tugʻilganlar Turkum:10-asrda vafot etganlar Turkum:Bagʻdodlik kishilar