Muhammad ibn Buzurg-Ummid (1162-yil 20-fevralda vafot etgan) Kiyā Buzurg-Ummidning oʻgʻli boʻlib, 1138-yildan 1162-yilgacha Alamut qal’asida joylashgan Nizoriy ismoiliylarining uchinchi hukmdori edi.
Faoliyati 1138-yil 9-fevralda Kiya Buzurg-Ummid vafot etgach, Nizoriy Ismoiliy davlatining uchinchi yashirin imomi Hasan al-Qohir ibn Al-Muhammad (القاهر) uni Alamut qal’asi qoʻmondoni etib tayinladi. U 1162-yilda vafot etadi va oʻrniga oʻgʻli Hasan targʻibotchi sifatida oʻtiradi. Baʼzilar, jumladan nufuzli (biroq tarafkash) tarixchi Joveyni, uning oʻgʻli Hasan ’Alā Zīkrīy-Salām oʻzini imom deb eʼlon qilgani va amalda Nizoriy imomatini egallab olgani haqida fikr bildirganʿAlāʾ-al-Din Joveyni, Taʾriḵ-e jahān-goshāy, ed. Moḥammad Qazvini, Leiden, 1912-37, III, pp. 225-39; tr. John A. Boyle, Manchester, II, pp. 688-97.. Nizoriy manbalarida esa bu ikki shaxs alohida odamlar ekanligini taʼkidlangan.
Manbalar
Havolalar Muhammad bin Kiya Buzrug Ummid
Turkum:1162-yilda vafot etganlar Turkum:12-asr ismoiliylari