Muhammad Shayboniy (Shayboniyxon) (1451-yil, Oʻzbek xonligi — 1510-yil 12-dekabr, Marv) — davlat arbobi, sarkarda va oʻzbek shoiri. Hazrati imom uz-Zamon xalifat ur-Rahmon (zamona imomi va xalifasi) unvoniga erishgan. Movarounnahrda Shayboniylar hukmronligini oʻrnatgan. Ismi Uning haqiqiy ismi V. V. Bartoldning fikriga koʻra — Shohbaxt Muhammad, boshqa: R. G. Mukminova, V. P. Yudin va Edvard Allworth kabi tadqiqotchilar fikrlariga koʻra esaAllworth E., The modern Uzbeks. from the fourteenth century to the present. Stanford: Hoover institution press, 1990. p. 47Materiali po istorii kazaxskix xanstv XV—XVIII vekov. (Izvlecheniya iz persidskix i tyurkskix sochineniy). Alma-Ata: Nauka. 1969. S. 390R. G. Mukminova, K istorii agrarnix otnosheniy v Uzbekistane XVI v. Po materialam „Vakf-name“. Tashkent: Nauka. 1966. S. 227 — Abulfath Muhammad Shayboniyxon boʻlgan. Shayboniy — sheʼriy taxallusidir. Po dannim sovremennika Sheybani-xana — Mulla Shadi, i vostokovedov: V. P. Yudina, R. G. Mukminovoy Sheybani-xan takje nosil poeticheskoe prozviщe — Shaxbaxt (korolevskoe schaste)Materiali po istorii kazaxskix xanstv XV—XVIII vekov. (Izvlecheniya iz persidskix i tyurkskix sochineniy). Alma-Ata: Nauka. 1969. S. 54. Shayboniyxonning zamondoshi — Mulla Shodiy va sharqshunos olimlar: V. P. Yudin, R. G. Mukminovalarning yozishicha, Shohbaxt (shoh baxti) ham Shayboniyxonning sheʼriy taxallusi boʻlgan. Oʻzbekiston Milliy Ensiklopediyasida yozilishicha, Shaxbaxt taxallusi unga Abulxayrxon tomonidan berilgan. U asos solgan sulola tarixda Shayboniylar nomi bilan tanilgan, ammo bu sulola vakillaridan hech biri Muhammad Shayboniy avlodi boʻlmagan. Tarjimai holi Oʻzbek ulusi hukmdori Abulxayrxonning (1428—1468) oʻn bir oʻgʻli boʻlib, ulardan biri Shayboniyxonning otasi Shohbudogʻ boʻlgan. Shayboniyxonning onasining ismi Oq Qoʻzi biyim boʻlgan.

Tarixchi Kamoliddin Binoiyning yozishicha, Shohbudogʻ sulton toʻngʻich oʻgʻliga Sulton Muhammad Shayboniy ismini qoʻygan, taxallusi esa „Shohbaxt“ boʻlganMateriali po istorii kazaxskix xanstv XV—XVIII vekov. (Izvlecheniya iz persidskix i tyurkskix sochineniy). Alma-Ata: Nauka. 1969. S. 97.

Manbalarga koʻra, Shayboniyxonning nasabnomasi quyidagicha: Chingizxon oʻgʻli Joʻchixon, Joʻchixon oʻgʻli Shaybon, Shaybon oʻgʻli Baniyol Bahodur, Baniyol Bahodur oʻgʻli Yis Buka, Yis Buka oʻgʻli Jochi Bukaxon, Jochi Bukaxon oʻgʻli Shohibekxon, Shohibekxon oʻgʻli Abduloʻgʻlon, Abduloʻgʻlon oʻgʻli Mingtemurxon, Mingtemurxon oʻgʻli Fuladxon, Fuladxon oʻgʻli Ibrohimoʻgʻlon, Ibrohimoʻgʻlon oʻgʻli Davlatshayx oʻgʻlon, Davlatshayxoʻgʻlon oʻgʻli Abulxayrxon, Abulxayrxon oʻgʻli Shohbudogʻxon, Shohbudogʻxon oʻgʻli Abulfath Muhammad Shayboniyxon boʻlgan.

Qizigʻi shundaki, „Tavorixi Guzidayi Nusratnoma“ da Shayboniyxon Mingtemur bobosining xotini Ismoil Somoniy avlodidan boʻlgan Jandibekning qizi ekanligi qayd etilganMateriali po istorii kazaxskix xanstv XV—XVIII vekov. (Izvlecheniya iz persidskix i tyurkskix sochineniy). Alma-Ata, 1969. S. 35.

Shayboniyxonning otasi Shohbudogʻxon oʻqimishli odam boʻlib, uning buyrugʻi bilan fors tilidagi asarlarni turkiy tilga tarjima qildirganIstoriya Kazaxstana v persidskix istochnikax. T.5. Almati: Dayk-Press, 2007. S. 376. Hokimiyatga kelishi Muhammad Shayboniy Oʻzbek xonligi hukmdori Abulxayrxonning nabirasi, Shohbudogʻ sultonning oʻgʻli. Abulxayrxon unga Shohbaxt deb laqab qoʻygan. Otasining erta vafotidan soʻng, bobosining qaramogʻida qolgan. Ukasi Sulton Muhammad bilan birga Boyshayx otaligʻida voyaga yetgan. Muhammad Shayboniy 1480-yillarda Abulxayrxon vafotidan soʻng Dashti Qipchoqning asosiy hududida oʻz hukmronligini oʻrnatmoqchi boʻlgan. U 1490-yillardan oʻzaro kurashlar va ichki nizolar tufayli tobora zaiflashib borayotgan Temuriylar hududi boʻlgan Movarounnahrda ham oʻz hukmronligini oʻrnatish uchun harakat boshlagan. XV asr oxiri — XVI asr boshlarida Movarounnahrga qilgan yurishlari natijasida hokimiyat boshqaruvi uning qoʻliga oʻtgan. Muhammad Shayboniy Turkistonning Sigʻnoq, Sabron, Yassi shaharlarini ham oʻz qoʻl ostiga kiritgan. 1504-yil Hisor, Qunduz, Badaxshon, Balx, 1505-yilda Xorazm, 1507-yilda Hirot ham Muhammad Shayboniy qoʻl ostiga oʻtgan. Keyinroq Eronning Mashhad va Tus shaharlarini ham egallagan. thumb|left| Shayboniyxon tomonidan Buxoroda zarb qilingan tanga, 1510-yil

Vafoti thumb|Shayboniyxon qabrtoshi, 1510-yil, Sankt Peterburg, Ermitaj 1510-yilda Marv yaqinidagi Mahmudobod qishlogʻida Safaviylar shohi Ismoil I Safaviyning 70 ming kishilik askari bilan Muhammad Shayboniy qoʻshini oʻrtasidagi jangda uning qoʻshinlari magʻlubiyatga uchragan va xonning oʻzi ham halok boʻlgan. Uning boshsiz tanasi Samarqanddagi Baland sufaga dafn qilingan. Baland sufa Registon maydonida Tillakori va Sherdor madrasalari oʻrtasidagi burchakda joylashgan boʻlib, bu yerga keyinchalik boshqa Shayboniylar ham dafn etilgan. Keyinchalik Shayboniylar daxmasi deb nomlangan. Shayboniyxon unvonlari va uning diniy siyosati Shayboniyxon chiqargan tangalarda u olgan unvonlar: „Eng buyuk sulton, rahmdil [Allohning] podshohi, din himoyachisi“; „Oʻz davrining imomi, rahmdil [Allohning] hokimi Abulfath“. Yozuvlar har-xil boʻlib, ikkinchisida ancha aniqroq, teokratik fikr ifodalangan va sarlavhada Shayboniyxon oʻz davrining imomi" ekanligi taʼkidlanganDavidovich Ye. A. Denejnaya reforma 913/1507-914/1509. Muxammed-Sheybani-Xana (opit kompleksnogo istochnikavedeniya)// „Vostochnoe istoricheskoe istochnikovedenie i spesialnie istoricheskie dissiplini“, M., 1989.

Shayboniyxon eroniylar va turkiylarni milliy asosda ajratmagan, balki paygʻambarning „hamma musulmonlar birodardir“ degan hadislariga amal qilganA. A. SYeMYoNOV K VOPROSAM O PROISXOJDYeNII I SOSTAVYe ​​UZBYeKOV ShYeBANI-XANA // MATYeRIALI PO ISTORII TADJIKOV I UZBYeKOV SRYeDNYeY AZII VIPUSK I S., 1954, s.70.

Nufuzli diniy arboblardan biri, asli yamanlik amir Sayyid Shamsiddin Abdulloh al-Arabiy al-Yamaniy al-Hadramautiy (Mir-i Arab nomi bilan mashhur) Shayboniyxonning homiyligidan panoh topgan, devon majlislarida doimiy ishtirok etgan va uning yurishlarida xonga hamrohlik qilganFazlallax ibn Ruzbixan Isfaxani. Miksman-name-yi Buxara („Zapiski bukarskogo gostya“). Perevod R. P. Djalilovoy. M.: Nauka, 1976. S. 78-79..

Ijodi Muhammad Shayboniy 1501-1507-yillarda Turkistonda markazlashgan davlat qurdi. U saroy adabiyotining mavqeini yaxshilashga uringan. Uning oʻzi oʻzbek tilida gʻazal, ruboiylar ham bitgan. Uning ana shu gʻazal, ruboiylaridan ayrimlari va „Baxrul xudo“ nomli dostoni, oʻgʻli Muhammad Temur sultonga atab yozgan pand-nasihatlardan iborat kitobi (yagona nusxasi Turkiyada saqlanadi) bizgacha yetib kelgan. Undan koʻchirilgan nusxa Oʻzbekiston milliy universiteti Oʻzbek mumtoz adabiyoti kafedrasining qoʻlyozmalar jamgʻarmasida mavjud. Muhammad Shayboniy haqida Tarixi guzida, Binoiyning Shayboniynoma, Hasanxoja Nisoriyning Muzakkiri ahbob, Muhammad Solihning Shayboniynoma va Boburning Boburnoma asarlarida maʼlumotlar bor.

Hukmdor shoirning ijodi yuzasidan xorijiy olimlar F. Koʻprulu, Y. Ekman, O. Akbiyik, Y. Qorasovning tadqiqotlari maʼlum. Oʻzbek olimlari E. Axmadxoʻjaev va I. Bekjon uning Bahrul-hudo nomli qasidasini topishdi.

Adabiyotlar Istoriya Uzbekistana, T.3. Tashkent, 1993. Bartold V. V., Sochineniya, T2 (chast 2), M., 1964. Ahmedov B. Tarixdan saboqlar. — T.: Oʻqituvchi, 1994; ERASLAN Kemal (1991), Şibânî Hanʼın ʹBahru’l-Hüdâʹ Adlı Eseri. Türk Kültürü Araştırmaları Muharrem Erginʼe Armağan, Yıl: XXVIII/1-2, s.103-177 KARASOY, Yakup (1998), Şiban Han Dîvânı (İnceleme-Metin-Dizin-Tıpkıbasım), Ankara: Türk Dil Kurumu Yayınları Malikov A. M., Torlanbayeva K. U. Nekotoryye osobennosti kul’turnoy identichnosti Sheybani-khana i monumental’noye stroitel’stvo v Samarkande v nachale XVI veka // Zolotoordynskoye obozreniye. 2022. T. 10, № 2. S. 391–413. Mukminova R. G., K istorii agrarnykh otnosheniy v Uzbekistane XVI v. Po materialam „Vakf-name“. Tashkent. Nauka. 1966 Norik B. V. Rol' shibanidskikh pravitely v literaturnoy zhizni Maverannakhra XVI v. // Rakhmat-name: Sb. statey k 70-letiyu R. R. Rakhimova. SPb.: MAE RAN, 2008. S. 226–267. Semyonov A. A. K voprosu o proiskhozhdenii i sostave uzbekov Sheybani-khana // Trudy akademii nauk Tadzhikskoy SSR. Tom XII. 1953. — C.3-37 Semyonov A. A. Sheybani-khan i zavoyevaniye im imperii Timuridov //Materialy po istorii tadzhikov i uzbekov Sredney Azii. Trudy AN Tad SSR, XII, vyp. I.- Stalinabad, 1954. Fitrat A.. XVI asrdan soʻngra oʻzbek adabiyotiga umumiy bir qarash. Kitobda: Tanlangan asarlar. 2-jild. — T.: Maʼnaviyat, 2000. A.Ibrohimov. Bizkim, oʻzbeklar… -T.: Sharq, 1999. B.29-46.

Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston tarixi Turkum:Buxoro xonligi hukmdorlari Turkum:Shayboniylar Turkum:Oʻzbekistonlik shoirlar Turkum:1451-yilda tugʻilganlar Turkum:1510-yilda vafot etganlar Turkum:Madrasa asoschilari Turkum:Madrasada dafn etilganlar Turkum:Buxoro madrasalarida tahsil olganlar