Paxtakor FK – Oʻzbekistonning yetakchi futbol jamoasi. 1956-yil tashkil etilgan. Paxtakor poytaxt Toshkent shahrida joylashgan boʻlib, Oʻzbekiston Superligasida ishtirok etadi.
36 mavsum (1956—1991) UzSSR chempionatining turli ligalarida, shu jumladan Oliy ligada oʻynadi. „Paxtakor“ oliy darajadagi Sovet futbol ligasida oʻynagan yagona oʻzbek klubi boʻlgan va Sovet kubogi finalida ishtirok etgan yagona Markaziy Osiyo klubi edi 1992-yildan muntazam Oʻzbekiston chempionati Oliy ligasi (2018-yildan – Superliga)ning doimiy ishtirokchisi.
Jamoa nomi Paxta (پخته) soʻzi forscha paxta maʼnosini bildiradi va „kor“ (کار) کاشتن, (soʻzi ḵạsẖtn, kâshtan (eroncha forscha talaffuz), koshtan, kishtan (tojikcha forscha talaffuz)) feʼlidan boʻlib, „ekin qilish“ maʼnosini bildiradi; shuning uchun „Paxtakor“ birikmasi ish nomini hosil qiladi va soʻzma-soʻz paxtakor degan maʼnoni anglatadi.
Tarixi "Paxtakor" futbol klubi – Toshkent shahri sharafini himoya qiluvchi, Oʻzbekistondagi eng mashhur futbol klublaridan biri. Klubga 1956-yil 8-aprel kuni asos solingan. 36 mavsum davomida (1956—1991) SSSR birinchiligining turli ligalarida ishtirok etgan. „Paxtakor“ SSSR Oliy Ligasida toʻp surgan Oʻzbekistonning yagona klubi, shuningdek, SSSR Kubogi finaliga chiqqan Oʻrta Osiyoning yagona jamoasi hisoblanadi.
1992-yildan boshlab Oʻzbekiston Oliy Ligasining doimiy vakili. „Paxtakor“ 8 karra Oʻzbekiston chempioni hisoblanadi, xususan, olti chempionlik sovrini 2002—2007 yillar oraligʻida ketma-ket qoʻlga kiritilgan. „Paxtakor“, shuningdek, Oʻzbekiston Kubogida eng koʻp – 10 marta gʻolib chiqqan yagona jamoa boʻlib, Kuboklardan yettitasi 2001—2007-yillarda qoʻlga kiritilgan. „Paxtakor“ futbolchilari turli yillarda jami yetti marta Oʻzbekistonning eng yaxshi futbolchisi deya topilgan, murabbiylari esa ikki marta mavsum yakuniga koʻra Oʻzbekistonning eng kuchli murabbiyi deb topilgan.
„Paxtakor“ OFK Chempionlar Ligasining yagona doimiy ishtirokchisi boʻlib, jamoa 2003 va 2004-yilgi mavsumlarda musobaqa yarim finaliga qadar yetib bora olgan. 2022-yil iyuldan „Paxtakor“ asosiy jamoasi bosh murabbiyi sifatida Maksim Shatskix bilan kelishuvga erishildi. Jismoniy tayyorgarlik murabbiyi sifatida ukrainalik Vitaliy Shpanyuk taklif etildi. 51 yoshli mutaxassis faoliyati davomida Ukrainaning „Kremen“, „Arsenal“, „Slavutich“, „Karpati“, „Lvov“, „Vorskla“ va LNZ, Rossiyaning „Anji“, „Rotor“, Gruziyaning „Dinamo“ Tbilisi klublarida ishlagan. Shuningdek, uch yarim yil davomida Ukraina milliy terma jamoasida ishlaganhttp://www.pakhtakor.uz/news/cnews/6385. Shimoliy makedoniyalik Slavche Voyneski mutaxassis bilan „Paxtakor“ oʻrtasidagi shartnoma muddatidan oldin bekor qilindihttp://www.pakhtakor.uz/news/cnews/6377.
SSSR Ligasi 1956-yil Toshkentda tashkil etilgan „Paxtakor“ jamoasi qisqa fursat ichida xalqning sevimli jamoasiga aylandi. Dastlabki yillarni „Paxtakor“ning oyoqqa turib olish davri sifatida koʻrsatish mumkin. Jamoa tashkil etilganidan keyin SSSR chempionatining B klass musobaqasida ishtirok eta boshladi. Toʻrt yil mobaynida Bextenev, Xodotov va Olshanskiy qoʻl ostida B klassda qatnashgan „Paxtakor“ oʻzi uchun zarur tajribani toʻpladi. qayd etilayotgan natijalar yildan-yilga yaxshilanib bordi. Masalan, oʻzining debyut mavsumida „Paxtakor“ 13-pogʻonadan oʻrin egallagan boʻlsa, bir yil oʻtgandan soʻng bu koʻrsatkich uchtaga yuqoriladi. Keyingi ikki mavsumda ishonchli toʻp tepgan oʻzbek futbolining bayroqdor klubi oliy ligada ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritdi. Ushbu yillar ichida Motorin, Azizxoʻjaev, Maqsudov, Tazetdinov, Borkin, Vitkalov, Sheffer, Kozenkov singari futbolchilar yaxshi saviyada oʻyin namoyish qilishdi.
1960-yildan boshlab „Paxtakor“ oliy ligada qatnashishni boshladi. Bosh murabbiylikka Aleksandr Keller taklif etildi. Kuchlilar ligasidagi ilk oʻyinini „Paxtakor“ 9-aprel kuni Toshkentda Moskvaning „Torpedo“ klubiga qarshi oʻtkazdi. Tarixiy uchrashuvda „Paxtakor“ sharafini mazkur futbolchilar himoya qilishdi: Pshenichnikov, Azizxoʻjaev, Kozenkov, Suyunov, Semenov, Tojirov, Timoxin, Motorin, Krasnitskiy, Tazetdinov (sardor), Feofanov. Umumiy hisobda esa jamoa mavsumni 14-oʻrinda yakunladi. Keyingi mavsumda deyarli oldingi yilgi natija takrorlangan boʻlsa-da, turnir jadvalida toʻrt pogʻona yuqoriga oʻsish kuzatildi. Oradan bir mavsum oʻtgach, 1962-yilda „Paxtakor“ SSSR chempionatlari tarixidagi eng yaxshi natijasidan birini qayd etdi. Butun chempionatni yaxshi oʻtkazgan „paxtakorchilar“ mavsum yakunida oltinchi oʻrindan joy olishdi. Bu oʻsha davrda yosh boʻlgan klub uchun juda yaxshi koʻrsatkich edi. Agar yana olti ochko qoʻlga kiritilganda, Oʻzbekiston faxri sanalgan klubimiz kumush medallarga sazovor boʻlishi ham mumkin edi. Biroq 1963-yil jamoa oʻz oʻyinini namoyish eta olmadi va pastki ligaga tushib ketdi. Murabbiy Kellerning oʻrnini esa Gavriil Kachalin egalladi. 1964-yil ikkinchi guruhda uchinchi oʻrinni egallagan „Paxtakor“ yana oliy ligaga qaytdi. Bir mavsum ichida jamoani Aleksandr Abramov, Saveliy Sofronov va Boris Nabokov boshqarganini alohida eslab oʻtish joiz.1975-yilgi mavsumda jamoa avvalgi shashtini saqlab qola olmadi va oliy ligani tark etdi. Chempionat oʻrtasida Gavriil Kachalin ikkinchi marta bosh murabbiylikni qoʻlga oldi. Mavsum muvaffaqiyatsiz kechgan boʻlsa-da, ishqibozlarni juda quvontiradigan natijalar ham kuzatildi. Masalan, 17-oktyabr kuni Toshkentda Kievning „Dinamo“ klubi 5:0 hisobida tor-mor etildi. Xadzipanagis, An (2) va Isoqovning (2) kiritgan toʻplari oʻsha yil Yevropada oʻzini koʻrsatgan „Dinamo“ning sharmandali tarzda magʻlubiyatga uchrashiga sabab boʻldi.
Umuman olganda, 1965-yil „Paxtakor“ Moskva jamoalarini „qaqshatishi“ bilan koʻchpilikning eʼtiborini tortgan. Oʻtkazilgan oʻn uchrashuvning faqat bittasida „Torpedo“ga imkoniyat boy berilgan. Oradan bir yil oʻtgach, 1966-yilgi mavsumda ham natija deyarli avvalgi chempionatnikidek boʻlgan. Lekin bu safar „Paxtakor“da bronza medallarini qoʻlga kiritish uchun imkoniyat yuzaga kelgandi. Afsuski, oxirgi besh turda birorta ham gʻalabaga erishilmagani sababli sovrindorlar qatoriga kirish orzusi chippakka chiqqan. 1968-yil yana murabbiy almashdi. End Yevgeniy Yeliseev jamoani ustozlik qilishga kirishdi. U jamoa faxri sanalgan Gennadiy Krasnitskiyni tarkibga kiritmadi, lekin gol urishda muammolarga duch kelingani uchun Gena ikkinchi davrada safga qaytarildi. hujumda Krasnitskiy – Abduraimov tandemi koʻp yillardan samarali oʻynab kelgani sababli tajribali futbolchisiz oʻyinni tashkil etish qiyin boʻldi. Chempionatda 17-oʻrin egallangan boʻlsa-da, „Paxtakor“ ishqibozlarni SSSR Kubogidagi muvaffaqiyatli ishtirok bilan xursand qildi. „Dinamo“ (Batumi), „Sokol“ (Saratov), „Zarya“ (Lugansk) va „Shaxtyor“ (Donetsk)ni dogʻda qoldirgan „Paxtakor“ finalda „Torpedo“ (Moskva) bilan toʻqnash keldi. 8-noyabr kuni oʻtgan uchrashuvda mazkur tarkib maydonda harakat qildi:
Lyubartsev, Dotsenko, Shtern, Naumenko, Inoyatov, Rahmatullaev, Varyuxin, Bektoshev (Isoqov, 74), Abduraimov, Krasnitskiy, Ibragimov. Bahsning 52-daqiqasida Yuriy Savchenko tomonidan kiritilgan yagona toʻp oʻyin taqdirini hal etdi va moskvaliklar kubokni qoʻlga kiritishdi. Shunga qaramay, Yeliseev shogirdlari Yevrokuboklarga yoʻllanma olishlariga bir qadam qolgani bilan faxrlana oladilar. Shuningdek, Birodar Abduraimov chempionat oʻyinlarida 22 gol urib, tbilisilik Gavasheli bilan birga toʻpurarlar roʻyxatining yuqorisidan joy oldi. Chempionatning eng kuchli 33 futbolchisi qatoridan Abduraimovning oʻrin olgani mutaxassislar oʻsha yilgi toʻpurar sifatida hujumchimizni tan olishganini koʻrsatib turibdi.
1969 va 1970-yillarda yana Yakushin bosh murabbiylikni oʻz qoʻliga oldi. Jamoa 16 va 13-oʻrinlarni egalladi. 1969-yil „Krilya Sovetov“ bilan Toshkentdagi uchrashuvda jamoa afsonasi Gennadiy Krasnitskiy mamlakat chempionatidagi yuzinchi golini urishga erishdi.
1971-yil klubni oʻz tarixidagi eng yuqori oʻringa olib chiqqan Keller Toshkentga qaytdi. Biroq Krasnitskiy endi yordamchi murabbiy boʻlib faoliyatini davom ettira boshladi, yaʼni u katta futboldagi faoliyatini tugatdi. Bu esa qimmatga tushdi. Yetakchisidan ayrilgan jamoa oʻyin uslubini oldingidek saqlab qololmadi va birinchi ligaga tushib ketdi. Keyingi mavsumda „Paxtakor“ni Vyacheslav Solovev boshqardi. U bir yilning oʻzidayoq „Paxtakor“ni yuqori ligaga qaytardi. 33 uchrashuvda 34 toʻp kiritgan Birodar Abduraimov birinchi liga toʻpurariga aylandi. Xulosa qiladigan boʻlsak, ushbu yillar davomida Pshenichnikov, Shtern, Inoyatov, Rahmatullaev, Abduraimov, Krasnitskiy, Ibragimov, Isoqov, Varyuxin, Turgʻunov, Dotsenko, Lyubartsev, Bektoshev va boshqa bir qator oʻyinchilar ajoyib harakatlari bilan muxlislar mehrini qozonishdi.
SSSR Musobaqlarida eng koʻp oʻyin oʻtkazgan futbolchilar № Oʻyinchi Oʻyinlar1.Birodar Abduraimov – 3022.Gennadiy Krasnitskiy – 2473.Vitaliy Suyunov – 2114.Vladimir Shtern – 3015.Toʻlagan Isoqov – 1906.Viktor Varyuxin – 1867.Vladimir Tojirov – 1868.Hamid Rahmatullayev – 1849.Gennadiy Denisov – 17710.Yuriy Pshenichnikov – 177
№ Oʻyinchi Oʻyinlar11.Bahodir Ibrohimov – 17412.Aleksandr Yanovskiy – 15913.Viktor Naumenko – 15614.Axrol Inoyatov – 15415.Mixail An – 13816.Maqsud Sharipov – 13517.Nuriddin Amriyev – 13418.Andrey Yakubik – 13119.Aleksandr Korchenov – 12620.Valeriy Muxin – 120
Klubning mavsum boʻyicha eng sermahsul oʻyinchilari: Yil Oʻyinchi Gollar1956Mihail Borkin— 11 (D-2)1957Mihail Borkin— 11 (D-2)1958Gennadiy Krasnitskiy— 12 (D-2)1959Gennadiy Krasnitskiy— 12 (D-2)1960Gennadiy Krasnitskiy— 191961Gennadiy Krasnitskiy— 201962Birodar Abduraimov— 81963Gennadiy Krasnitskiy— 141964Gennadiy Krasnitskiy— 16 (D-2)1965Gennadiy Krasnitskiy— 131966Gennadiy Krasnitskiy— 101967Gennadiy Krasnitskiy— 101968Birodar Abduraimov— 221969Vyacheslav Bektoshev— 8Gennadiy Krasnitskiy— 81970Vladimir Rodionov— 71971Birodar Abduraimov— 71972Birodar Abduraimov— 34 (D-2)1973Birodar Abduraimov— 12 YilOʻyinchiGollar1974Mixail An— 111975Mixail An— 81976Vladimir Fyodorov— 16 (D-2)1977Mixail An— 10 (D-2)1978Konstantin Bakanov— 7Vladimir Fyodorov— 71979Viktor Churkin— 51980Andrey Yakubik— 81981Andrey Yakubik— 131982Andrey Yakubik— 231983Andrey Yakubik— 151984Igor Shkvirin— 91985Ayder Zeytullayev— 11 (D-2)1986Ayder Zeytullayev— 13 (D-2)1987Marat Kabayev— 16 (D-2)1988Aleksandr Mishel— 12 (D-2)1989Azamat Abduraimov— 13 (D-2)1990Igor Shkvirin— 37 (D-2)1991Igor Shkvirin— 14 Vladimir Fyodorov, Yuriy Pshenichnikov, Gennadiy Krasnitskiy va Mixayl An birinchi SSSR terma jamoasi tarkibida oʻynashgan (Vasilis Xatzipanagis, Mirjalol Qosimov va Mustafa Belyalov SSSR olimpiya terma jamoasida oʻynagan)
Paxtakor-1979 Asosiy maqola: Dneprodzerjinsk ustidagi avia to‘qnashuv left|thumb|Halokatga uchragan Paxtakor futbolchilari. 1979-yilgi mavsumda jamoa Kochetkov boshchiligida start oldi, lekin chempionat oʻrtalarida qayd etilgan qoniqarsiz natijalar sababli uning oʻrnida Oleg Bazilevich ish boshladi. Shundan soʻng „Paxtakor“ birinchi davra oxirida raqiblarini ketma-ket magʻlubiyatga uchratdi va turnir jadvalida yuqoriga koʻtarilishni boshladi. Ammo 11-avgust kuni yuz bergan mash’um fojea jamoamizning 17 nafar aʼzosini hayotdan olib ketdi. 1979-yilning 11-avgust sanasi oʻzbek futbol jamoatchiligi uchun qora harflar bilan yozib qoʻyilgan. Oʻsha voqeaga ham tezda 34-yil boʻldi. Butun xalqning aza tutishiga sabab boʻlgan hodisa Dneproderjinsk osmonida sodir boʻlgan.