Edip Saidovich Gafarov (; 9-may 1952-yil, Oqtosh, Samarqand viloyati) – ukrain va rus siyosatchisi. 2018-yil 30-iyuldan Qrim Respublikasi Davlat kengashi raisining oʻrinbosari.

2014-yildan Qrim Respublikasi Davlat kengashi aʼzosi.

Qrim Avtonom Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining oʻrinbosari (2002—2005). Qrim Avtonom Respublikasi Oliy Radasi deputati (2002—2006), oltinchi chaqiriq Qrim Avtonom Respublikasi Oliy Kengashi deputati (2010—2014).

Biografiyasi Edip Gafarov  1952-yil 9-mayda Oʻzbekiston SSR Samarqand viloyati Narpay tumani Oqtosh qishlogʻida tugʻilgan. Millati – qrim tatar.

1970—1972-yillarda Germaniyada Sovet qoʻshinlari guruhida xizmat qilgan.

1974-yildan BTI Samarqand viloyat boshqarmasida ishlagan.

1982-yilda Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutini tamomlagan.

1991—1999-yillarda Qrimda qurilish sohasida ishlagan – qurilish materiallari zavodi direktori, qurilish tresti boshqaruvchisi boʻlgan.

1999-yildan — Qrim Avtonom Respublika qoʻmitasi raisining millatlar va deportatsiya qilingan fuqarolar ishlari boʻyicha oʻrinbosari vazifasiga tayinlanagan. 2000—2002-yillarda ushbu qoʻmitaga rais boʻlgan.

2002—2005-yillarda – Qrim Avtonom Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining oʻrinbosari.

Qrimdagi saylovlarda u Mustafo Jemilevning „Qrim-tatar xalqi majlisi“ ga muxolif boʻlgan „Qrim tatar bloki“ ni boshqargan. 2006-yilda u „Mejlis qrim tatarlari orasidagi barcha hokimiyatni va milliy harakatdagi barcha xizmatlarini oʻz zimmasiga olishga harakat qilmoqda“ deb xabar berdi. 2007-yilda Edip Gafarov „Mejlisning fikri bu butun Qrim-tatar xalqining fikr emas“ degan fikrlarni bildirdiKrimsko-tatarskiy medjlis ofitsialno podderjal proyuщenkovskiy blok „NU-NS“ (Ukraina).

2008—2014-yillarda – Qrim Avtonom Respublikasi qoʻmitasi raisining suv xoʻjaligi qurilishi boʻyicha birinchi oʻrinbosari.

Qrim Avtonom Respublikasi Oliy Radasi deputati (2002—2006), oltinchi chaqiriq Qrim Avtonom Respublikasi Oliy Kengashi deputati (2010—2014).

2014-yil 14-sentyabrdan – birinchi chaqiriq Qrim Respublikasi Davlat kengashi deputati (Rossiya qonunlariga muvofiq saylangan), Millatlararo munosabatlar qoʻmitasining raisi.

Ukraina prokuraturasi Qrim Avtonom Respublikasi Davlat kengashini davlatga xiyonat qilishda gumon qilmoqda va shuning uchun Edip Gafarovni qidiruvga bergan.

2018-yil 30-iyulda u Qrim Respublikasi Davlat kengashi raisining oʻrinbosari etib saylandi.

Mukofotlari

Ukraina Vazirlar Mahkamasining Faxriy yorligʻi (2004-yil 22-may) – koʻp yillik vijdonli mehnati, Qrimda millatlararo munosabatlarni mustahkamlash va deportatsiya qilingan fuqarolarni qaytarish va joylashtirish bilan bogʻliq tadbirlarni amalga oshirishga qoʻshgan katta shaxsiy hissasi uchun. „Sadoqat“ ordeni (Qrim Respublikasi, 2015-yil 13-mart) – Qrim davlatchiligi boʻyicha referendumni tashkil etishdagi xizmatlari uchun „Jasoratli mehnat uchun“ medali (Qrim Respublikasi, 2022-yil 19-aprel)

Manbalar

Havolalar Qrim Respublikasi Davlat kengashi veb-saytidagi sahifa

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Qrim kishilari